Har bir sohada jipslik, birdamlik boʻlsa, ulkan muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritilib, koʻzlangan marralar zabt etilaveradi. Bunga mehnat jamoasi bir oiladek ahil va inoq boʻlgan koʻplab tashkilot, korxonalarni misol keltirish mumkin.

Viloyat Bandlik bosh boshqarmasida ham turli madaniy kechalar tashkil etish, mamlakatimiz boʻylab sayyohatga borish bilan bir qatorda dam olish kunlari maroqli xordiq chiqarish uchun teatr tomoshalariga borish kabi oʻziga xos anʼana yoʻlga qoʻyilgan.

Bugun, 10-dekabr kuni boshqarma xodimlari ishdan tashqari dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun oila aʼzolari bilan viloyat musiqali drama teatrida komediya janrida sahnalashtirilgan “Xotinlar gapidan chikkan hangoma” spektaklini tomosha qilishdi.

Tomoshabinlar spektaklda qatnashgan teatrning yetuk aktyor va aktrisalari ijrolaridan baxramand boʻlishib, koʻtarinki kayfiyat va unutilmas yorqin tassurotlarga ega boʻlishdi.

By admin