Avval xabar berganimizdek, viloyatning barcha hududlarida sinovdagi fuqarolarni qayta tarbiyalash, ularning huquqlarini roʻyobga chiqarishning samaradorligini oshirishga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Sirdaryo tumani IIB boshligʻi va prokurori qatnashgan yigʻilishda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 7 dan ortiq tashkilot va korxonalardagi 300 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlarini havola etilib, mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi.

Mutaxassislar taqdim etilgan lavozimlarning vazifasi hamda korxona, tashkilotlarda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishdi.

Guliston tumanida oʻtkazilgan tadbirda tumanning toʻrtta sektor rahbarlari ishtirok etib, yurtimizda nazorat ostidagilar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishiga, shu jumladan, ularning kasbiy tayyorgarligi boʻyicha tadbirlarni tashkil etish orqali har tomonlama amaliy koʻmaklashish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarga toʻxtalib oʻtishdi.

Tadbir davomida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi.

Shuningdek, bugun Shirin shahri, Boyovut va Sayxunobod tumanlarida ham mehnat yarmarkalari oʻtkazildi.

By admin