Mirzaobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 28-oktyabrda qabul qilingan O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining mohiyati va ahamiyatiga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar tuman hokimligi bilan hamkorlikda, tuman tashkilot va korxonalaridagi ish beruvchilar, xodimlar bo‘limi masʼul xodimlari ishtirokida muhokamalarga boy tarzda o‘tkazildi.