Shirin shahridagi Sanʼat maktabida Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, shahar IIBning probatsiya boʻlimi va Milliy gvardiya masʼullari hamkorligida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Unda probatsiya roʻyxatida turuvchi fuqarolar ham ishtirok etib, taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishdi.
Mavjud vakant lavozimlarga qiziqish bildirgan talabgorlarga belgilangan tartibda yoʻllanma berildi.