Hurmatli Sardoba tumani aholisi joriy yil 28-dekabr kuni soat 11:00 da «Do’stlik» MFY hududida joylashgan hozirgi «Timlord Trede Cluster» MCHJ (Sardoba «Oqsaroy» Textile) binosida ish bilan band bo’lmagan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi. Unda barcha ishsiz fuqarolar uchun tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari, korxonalar, tashkilot va muassasalar o’zlarining mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishadi.

Hurmatli fuqarolar mazkur mehnat yarmarkasida ishtirok etib, o’zingiz uchun munosib ish o’rniga ega bo’lishingiz mumkin. Barcha imkoniyatlar o’z qo’lingizda.

(Qo’shimcha malumotlarni tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazidan olishingiz mumkin. Tel: 99-030-12-31)

By admin