Shirin shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan hamkor tashkilotlar mutasaddilari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798- sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

Unda shahardagi tashkilot, korxona va muassasalarning masʼullari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tariqasida tashkillashtirilgan seminarda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori Z.Ergasheva yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, amaldagi kodeks bilan farqi boʻyicha maʼlumot berdi. Shuningdek, shahar Adliya boʻlimi boshligʻi I.Hakimov va boshqalarning yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar, mehnat qonunchiligida olib borilayotgan islohotlar kabi muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼruzalari tinglandi.

Seminarda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

By admin