Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–6166-son Farmoni va 2021-yil 31- maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–5132-son Qaroriga muvofiq, barcha hokimlik, boshqarma, tashkilotlar hamda ularning quyi boʻlinmalarida ichki elektron hujjat aylanish tizimi joriy etilib, qogʻoz koʻrinishda ish yuritilishiga chek qoʻyildi. Kiruvchi va chiquvchi hujjatlar sinov tarzida “edo.ijro.uz” elektron tizimida yuritilmoqda.

Tizimning ishlash jarayonida aniqlangan kamchiliklar masʼullar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib, uni rivojlantirish yuzasidan berilgan takliflar asosida yanada takomillashtirib borilmoqda. Shunga koʻra, yagona elektron tizimdan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etib, masʼul rahbarlar va xodimlar tizimdan foydalanish boʻyicha oʻqitilmoqda.

Viloyat Bandlik Bosh boshqarmasida navbatdagi oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Unda boshqarma va tuman, shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hamda tasarrufiy tashkilotlarning ijro intizomi boʻyicha masʼullar ishtirok etishdi.

Seminarda “UNICON-SOFT” MCHJ viloyat filiali mutaxassislari tizimda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, kiritilayotgan yangiliklar haqida batafsil maʼlumot berishdi. Masʼullar axborot almashishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi sinchkovlik bilan oʻrgatildi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq va toʻliq javob olishdi.

By admin