Kecha – 20-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma hamda tuman, shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tasarrufiy tashkilot rahbarlarining barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda dastlab Kengash a’zolari va Kengashining hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Ish rejada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022-yilning 20-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida bosh boshqarma tizimi oldiga qo‘yilgan masalalar utuvor vazifa etib belgilandi.

Shuningdek, 2022-yil davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan xodimlarga intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

Kun tartibidagi yana bir muhim va dolzarb masala – tizimda korupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan boshqarmaning “Komplayens nazorat” sho‘basi mudiri Otabek Shodmonqulov ma’ruzasi tinglandi.

Ta’kidlandiki, korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimiz, bu illatga nisbatan murosasiz bo‘lmas ekanmiz, o‘zimiz, oila a’zolarimiz, yaqinlarimiz har qadamda korrupsiyaga duch kelaveramiz. Korrupsiyaga duch kelmasligimiz uchun har birimiz atrofimizda biron bir korrupsiya xolatidan xabardor bo‘lsak, o‘z vaqtida uning oldini olishga harakat qilishimiz shart. Shunda korrupsiya xolatlarini kamaytirishga, jamiyatning rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz, deya, illat oqibatlarini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-yanvardagi 419-son qonuni hamda 2022-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qaroriga asosan Bandlik Bosh boshqarmasi, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamda tasarrufiy tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini o‘rganish va uning natijalari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish xavf xatarlari xaritasi va dasturi ijrosi ta’minlanishi talablaridan kelib chiqib, Bosh boshqarma tizim xodimlarining mas’uliyatini oshirish, o‘z mansab vazifasiga sidqidildan qarash, topshirilgan vazifalarni halol, vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish uchun 2023-yilni “Korrupsiya adolat kushandasi” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurash, hammamizning burchimiz” mazmunida o‘tkazish borasida taklif kiritdi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

By admin