Sirdaryo tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi binosida Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oilaviy ajrimlarning oldini olish, probatsiya roʻyxatida turgan xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularga huquqiy, psixologik va amaliy yordam berish maqsadida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Ishsiz ayollar bandligini taʼminlash maqsadida tashkillashtirilgan boʻsh ish oʻrinlar “Mehnat yarmarkasi”da tumandagi korxona, tashkilot va muassasalardagi 350 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari tanishtirildi.

Yarmarkada 5 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun hamda 5 nafar fuqaroga kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish kurslarida oʻqitish uchun yoʻllanma berildi. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga 8 nafar fuqaro jalb qilindi, 1 nafar ishsiz fuqaroga ishsizlik nafaqasini tayinlash boʻyicha hujjat rasmiylashtirildi. Shuningdek, maslahat soʻrab murojaat qilgan 38 nafar xotin-qizga huquqiy maslahat berildi.

By admin