Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Oltmishga yaqin korxona, tashkilotlar ishtirok etgan yarmarkada band bo‘lmagan fuqarolarga 2400 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

Yarmarka davomida 158 nafar fuqaroga o‘zlari tanlagan vakant joylarga ishga joylashish uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 68 nafar talabgor bilan mehnat shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan qariyb 70 nafar fuqaro “Ishga marhamat” monomarkazi hamda hududlardagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qitiladigan bo‘ldi.

Tadbirda mehnat munosabati yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga mutaxassislar tomonidan qonuniy javob berildi.

By admin