Ishga qabul qilinganda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi:

✅Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga joylashtirishga yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lganlar;
✅Homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
✅18 yoshga to‘lmaganlar;
✅6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
✅Ta’lim tashkilotlarini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari;
✅Davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan bitiruvchilar;
✅Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
✅Ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘taganlar;
✅Ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi tomonidan ilgari shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilinganlar;

By admin