Sardoba tumani hokimi Akmal Mirzayev tomonidan o‘tkazilgan qabulda fuqarolar uy-joy ta’miri, tadbirkorlik qilish uchun yer maydoni ajratish, moddiy yordam, bandlik, bola parvarishi uchun nafaqa pullarini olish, tibbiy-ijtimoiy yordam, imtiyozli kredit va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qildi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida ijobiy hal etilmoqda, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qanoatlantirilmoqda. Muddat talab qiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

By admin