Sirdaryo viloyatidagi barcha mahallalarni obod go‘shaga aylantirish borasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Xonadon, ko‘cha va tevarak-atrofni tozalash, tartibga keltirib, ta’mirlash bilan bir qatorda aholini qiynab kelayotgan muammolarga ham barxam berilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi ichimlik suvi yetib bormagan ko‘chalariga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, tizimga ulash ishlari boshlab yuborildi.

Guliston tumani Xamid Olimjon mahallasi aholisining tomorqalarini oqova suv bilan ta’minlanishini yaxshilash maqsadida hududdan o‘tuvchi ariq tozalanib, betonlashtirishga kirishildi. Shuningdek, tumandagi Inoqlik mahallasining yangi ko‘chalari shag‘allashtirilmoqda.

By admin