Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma Komplayens nazorat bosh mutaxassisi U.Xaydarov korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlab, chek qo‘yish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, bunday huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini aniq hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashda barcha – xoh u rahbar yoki oddiy xodim bo‘lsin, birdek mas’uliyat bilan yondoshish zarur. Shundagina bu illatga tizimda umuman o‘rin qolmaydi. Qonunbuzilishining kichigi ham kattasi ham jinoyat hisoblanadi. Achinarlisi, jirkanj ishga qo‘l urgan xodim nojo‘ya xatti-harakati bilan qonun oldida javob beribgina qolmay, butun tizim obro‘siga putur yetadi, hamkasblarning yuzi shuvut bo‘ladi.

Shuningdek, bunday muhim yig‘ilishlar boshqarmaning tuman, shahar bo‘limlari hamda tasarrufiy tashkilotlarda ham o‘tkazilmoqda.

By admin