Aholi murojaatlariga yechim topish maqsadida Respublika ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida o‘rganishlarini olib bordi. Bunda asosan yo‘l, suv, elektr energiyasi ta’minoti hamda ijtimoiy soha obektlarining holatini yaxshilash kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Xovos tumanidagi “Oqchangal” hamda “O‘zbekiston to‘kinchiligi” mahallalari aholisining murojaatlariga asosan 31 km ichki yo‘llarni ta’mirlash reja qilib olingan edi, bugungi kunga qadar 26 km ta’mirlandi. Bu ishlar hudud aholisning og‘irini ancha yengil qildi.

Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari asosida Sardoba tumanida ham ichki yo‘llar shag‘allashtirilmoqda. «Birlashgan» va «Fayzliobod» mahallalari hududidagi 2,5 km.ga yaqin ichki yo‘llarga tosh-shag‘al aralashmasi to‘kilib, maxsus texnikalar yordamida tekislandi.

O‘rganishlari mobaynida elektr ta’minotida ham qator muammolar borligi ko‘zga tashlandi. Aholining murojaatlariga asosan hududlarga 2 dona transformator, 61 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi hamda yangi elektr tarmog‘i tortildi.

Og‘ir hududlardagi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Xovos tumanining olis “Oqchangal” mahallasi aholsini toza ichmlik suvi bilan taьminlash maqsadida bitta tik quduq qazilib, ikkitasida taьmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, Mirzaobod tumani “Nurafshon” mahallasining aholisi 35 yildan buyon suv ta’minotidagi muammolardan qiynalib kelar edi. Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari natijasida hududga bir dona tik quduq qazilib, 6 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Shuningdek, bir dona tik quduqda tozalash ishlari amalga oshirildi. Buning uchun 1 mld 594 mln so‘m mablag‘ ajatilgan. Natijada mahalladagi 142 xo‘jalik toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Guliston shahar aholisi yil sayin ortmoqda. Shuni inobatga olgan holda yangi suv inshootlari bunyod etilmoqda. Hududning “Yangi hayot” mahallasida qiymati 5 mlrd 605 mln so‘m bo‘lgan 2 dona yangi tik quduq, suv xavzasi hamda suv stansiyasi barpo etilmoqda. Ayni kunda 400 metr chuqurlikdan toza ichimlik suvi olinmoqda.

Sirdaryo tumanining “Tinchlik” mahallasida ham qiymati 2 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan suv inshooti qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda. Aholiga 4 kilometrdan ziyod ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Natijada esa 3600dan ziyod aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojit yanada yaxshilanadi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, uning bandligini ta’minlash davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Xovos tumanida istiqomat qiluvchi Gulnora opa Bekqulova ham bankdan olgan imtiyozli 25 mln so‘m krediti evaziga tomorqasidan 6 sotixlik issiqxona tashkil etdi. Natijada o‘zi va oila azolari uchun qo‘shimcha daromad manbai paydo bo‘ldi.

Xovos tumanidagi yosh tadbirkorlardan biri Bekmirza Eshboyev “Oqchangal” mahallasida 6 mlrd so‘m mablag‘ evaziga “Yoshlar mehnat guzari”ni tashkil etdi. Unga Respublika ishchi guruhi hamda sektor rahbarlari tomonidan joy ajratishda ham imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berildi. Guzarda ayni kunda 40 nafar hudud aholisi ishlab kelmoqda. To‘liq ishga tushgach yana 100 nafardan ziyod aholi ish bilan taminlanadi.

Bu kabi yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika ishchi guruhi ko‘magida 636 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga tijorat banklari tomonidan 22 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga Mirzaobod, Sayxunobod, Xovos Boyovut, Sardoba, Oqoltin tumanlari va Yangiyer, Guliston shaharlaridan 118 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘arma”si mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida jami 1003,0 mln. so‘mlik tikuv mashinasi, motokultivatorlar, qandolatchilik uchun maishiy texnikalar, qurilish asbob-uskunlari yetkazib berildi.

Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari davomida aholidan ijtimoiy soha ob’yektlarining holatini yaxshilash hamda qo‘shimcha binolar qurish borasida ko‘plab murojaatlar bo‘lgan edi.

Guliston shahrining “Namuna” mahallasida qurib foydalanishga topshirilgan “Golden kiy” nomli bolalar bog‘chasi ham mazkur o‘rganishlar natijasi bo‘ldi deyishimiz mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 175 o‘ringa mo‘ljallanan bo‘lib, hozirda 150 nafar bolajonlar tabiyalanmoqda. Bino zamonaviy tarzda jihozlangan. Bog‘chada 5 ta guruh bo‘lib, 20 nafar ishchi hodim mehnat qilishadi.

Guliston shahrining “Nurafshon” mahallasi aholisi ham ortgani sabali qo‘shimcha maktabga ehtiyoj sezildi. Aholi murojaatlariga asosan hududdagi 17-sonli maktab hovlisidan qo‘shimcha 240 o‘rinli binoni qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mirzaobod tumanidagi 2-sonli maktabgacha taьlim tashkiloti ham bir necha yillardan buyon ta’mirtalab ahvolda edi. Qolaversa, bola sig‘imi kamligidan hudud aholisi bolalari uchun bog‘cha izlab ovvora edi. Qilingan murojaatlarga asosan hududda 4 mlrd. 252 mln so‘m mablag‘ evaziga 150 o‘rinli qo‘shimcha binoning qurish va taьmirlash ishlari boshlab yuborildi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

By admin