O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqea hisoblanadi. Chunki bu davlat rahbari – Prezidentni saylash bilan bog‘liq o‘ta mas’uliyatli jarayondir.

Saylov kodeksida siyosiy jarayonga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida mahalla raisi va xodimlarining huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan joylarda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratiigan o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Guliston tumanida o‘tkazilgan o‘quv seminarida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Iskanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishda mahalla institutining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berib o‘tdi.

By admin