Boyovut tumani «Navbahor» mahallasida aholining tomorqadan unumli foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mas’ullari, mahalliy deputatlar, fermerlar, mahalla faollari hamda tomorqachilar ishtirok etgan tadbirda bir nechta xonadonlardagi ilg‘or ish tajribalari o‘rganildi.

E’tiborli tomoni, mahallada tomorqachilik anchagina rivojlangan. Kaftdek yerdan katta daromad olayotgan xonadon egalari bugungi kunda issiqxonalar tashkil etib, pomidor va bodring, kartoshkadan hosil olishmoqda.

By admin