Bugun viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida o‘ziga xos an’anaga ko‘ra tavallud kunini nishonlayotgan «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish sho‘ba mudiri Oybek Rustamov e’tirof etildi.

Shuningdek, ba’zi ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga ko‘ra tug‘ilgan kuni bilan tantanali tabriklash kechikkan Behzod Omonliqovni boshqarma jamoasi jam bo‘lib, samimiy qutladi. Ularga ezgu tilaklar bildirildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oldinroq, boshqarma ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Olim Qahhorovning shukrona kuni nishonlangan edi.

By admin