Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlar masalasiga ustuvor vazifa sifatida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda.

Ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish doimiy e’tiborda.

26-iyun – «Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish» hamda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Bo‘ston” mahallasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida musobaqa tashkil etildi.

Unda yoshlar sportning shashka, shaxmat, mini futbol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Shashka va shaxmat musobaqasi aqliy tafakkurni rivojlantirishga turtki bo‘lgan bo‘lsa, millionlar o‘yini futbol jismoniy tetiklik, jamoaviy birdamlikni ta’minlashga xizmat qildi.

Musobaqa yakunida yoshlarga adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

By admin