Guliston tumanida «Ayol-mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Nulifar Gʻofurova va Kambag‘allikni qisqartish va bandlikka ko‘maklashish bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Xushmurodov hamda mahallalar faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahalla faollari va tashkilot xodimlari bilan birgalikda salomatlik uchun «Besh ming qadam» loyihasi hamda mahallada istiqomat qilayotgan ibratli xonadonlarda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi yor-yor, alla va milliy ko‘rgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi aholi uchun tomorqa madaniyati, xonadon sarishtaligi bo’yicha ko’rsatma va takliflar berib o’tildi.

Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir.

By admin