Respublika ishchi guruhi “Do‘ngariq” MFY binosida mahalla beshligi bilan suhbatlashib, xodimlar va murojaatchilar uchun yaratilgan shart-sharoit o‘rganildi. Ulargaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi.

Mahalla hududida joylashgan 10-sonli umumtaʼlim maktabi, 16-sonli Oilaviy poliklinikasi va boshqa ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirilib, ularning isitish tizimi, elektr energiyasi taʼminoti va boshqa jihatlari nazoratdan o‘tkazildi. Maktabning maʼnaviy muhiti, xonalar va kutubxonaning jihozlanganligi yuzasidan pedagoglar jamoasi, o‘quvchi yoshlarning fikrlari o‘rganildi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, turli maʼnaviy-maʼrifiy burchaklar tashkil etishga kreativ yondoshish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Mahalla ichki yo‘llari, aholining asosiy daromad manbai, turmush sharoiti, hududning ijtimoiy-iqtisodiy xolati uyma-uy yurib o‘rganildi.

Fuqarolarning muammo va murojaatlari tinglanib, mahallani har tomonlama rivojlantirish yuzasidan fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashildi.

O‘rganish davomida ko‘chalarga qo‘lbola elektr sim yog‘ochlari o‘rnatilganligi aniqlandi. Qisqa vaqt ichida beton ustunlarga almashtirish yuzasidan masʼullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ishchi guruh tumanning Mirzacho‘l mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Akmal Xolmatov ishchi guruh aʼzolariga ishlab chiqilgan chora-tadbir va belgilab olingan rejalar hamda natijada erishiladigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

By admin