Sirdaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash sho‘basining 2024 yil uchun mo‘ljallangan ish rejasida Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo’limlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etish belgilangan.

Unga muvofiq, tuman, shahar bo‘limlarining “Bek ofis” va “Front ofis” xodimlari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbirda Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sho‘basining sho‘ba mudiri A.Ernazarov hamda bosh mutaxassisi Sh.Solijonov qatnashchilarga tizimda aholi bandligini ta’minlash borasida murojaatchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, onlayn murojaatlar bilan ishlash va ularni o‘z muddatida ijobiy hal etish bo‘yicha tushunchalar berishdi.

Ishtirokchilar tizimga kiritilayotgan yangiliklar, jumladan, kasanachilik yo‘nalishini kengaytirish yuzasidan batafsil ma’lumot olishdi.

By admin