Guliston shahrida nazorat ostida turuvchi shaxslarning bandligini taʼminlash maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda IIB probatsiya guruhi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar korxona, tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi hamda monomarkaz imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Mehnat yarmarkasi davomida 5 nafar fuqaro doimiy ishga joylashdi. Yana 2 nafari kasb-hunar o‘qitishga yo‘naltirildi.

Shuningdek, 16 nafar ishtirokchiga huquqiy maslahat berildi.

By admin