Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Vaʼda qilingan ish o‘rni nega yaratilmadi?” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan

Murojaatda Saxovat mahallasi hududidagi «Oqoltin Ahillik tomorqa xizmati» MCHJga tegishli bo‘lgan un ishlab chiqarish tegirmoni qurilishi yakuniga yetkazilmay to‘xtab qolgani, natijada yangi ish o‘rinlari yaratilmagani keltirib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona vakillari quyidagicha izoh berdi:

Oliy navli un ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish bo‘yicha dastlabki bosqichda korxona mablag‘lari hisobidan bino-inshootlar qurib bitkazildi. ATB Agro bank tomonidan ajratilgan 2 mln. AQSH dollariga yuqori texnologiyali uskuna va jihozlar xarid qilish bo‘yicha Turkiya davlatining «Yasar Grup ic ve Dis Tic LTD Sti» kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Biroq fors-major holatlari yuzaga kelganligi bois, ma‘lum sabablarga ko‘ra texnologiyalar yetkazib berilishi kechiktirilmoqda.

Joriy yil 8 fevral kuni tomonlar o‘rtasida amaldagi shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra sotuvchi tomonidan konpensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishi va sentyabr oyi yakuniga qadar uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha kelishuv tuzilgan.

Ma‘lumot o‘rnida, korxona ishga tushirilishi hisobiga 25 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

By admin