Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yanada mustahkamlanib, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.

Guliston tumani hokimi O‘lmasjon Mamadaminov xitoylik investor Liu Zemin bilan tuman hududida ko‘p tarmoqli loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki muzokara o‘tkazdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, guruchni qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan loyihaning umumiy qiymati 20 million AQSh dollari bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 4 ming tonnaga mo‘ljallangan. Loyiha ishga tushishi bilan 115 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qurilish ishlariga mahalliy aholi jalb etilishi hisobiga ular daromadga ega bo‘lishadi.

Muzokara davomida xitoylik tadbirkor Liu Zemin joriy yil mart oyida batafsil kelishuv o‘tkazilishini ta’kidladi.

By admin