Shirin shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda shahar IIB hamkorligida Nurobod mahallasida “Mehnat yarmarkasi” tashkillashtirildi.

Unda 6 ta korxona va tashkilot 300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shahar IIB probatsiya guruhi nazoratida turuvchi 35 nafardan ortiq shaxs ishtirok etgan tadbirda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Mehnat yarmarkasi davomida 4 nafar fuqaro “ENERSOK” MChJning qurilish ishlarida ishlash istagini bildirdi va shu yerning o‘zida ishga joylashtirish chorasi ko‘rilib, hujjatlari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 4 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi hamda 6 nafar fuqaro mart oyidan boshlanadigan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga hujjatlari qabul qilindi.

Bundan tashqari, 21 nafar ishtirokchiga huquqiy maslahat berildi.

By admin