Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazida yangi guruh tinglovchilariga «Oshpazlik» yoʻnalishi boʻyicha darslar qizgʻin davom etmoqda.

Tinglovchilar mohir ustozlaridan puxta bilim olib, mazkur yoʻnalishning eng nozik jihatlarini ham sinchkovlik bilan oʻrganishmoqda.

Bitiruvchilar oʻquv-kursini muvaffaqiyatli tamomlagach, oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlishadi.

Eslatib oʻtamiz, monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va pdastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassisi kasblarni hamda ingliz, yapon, turk, rus, nemis, koreys tillarini oʻrganish boʻyicha kurslar mavjud.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʻchasi 49-uy
📞 Telefon: +99867 236-44-22 93-806-00-27

By admin