Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 11 174 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 110 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

• Guliston shahrida – 2 683 ta
• Sirdaryo tumani – 1 394 ta
• Mirzaobod tumani – 984 ta
• Boyovut tumani – 963ta
• Guliston tumani – 891 ta
• Sayxunobod tumani – 877 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

• savdo sohasida – 4 255 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 075 ta
• sanoat sohasida – 1 494 ta
• qurilish sohasida – 1 032 ta

By admin