Guliston shahri statistika bo‘limining «Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasi»da (KTYaDR MB) 2024-yilning 1-fevral holatiga faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar soni 3267 tani tashkil etmoqda.

Shundan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari soni 2673 ta, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 94 tasi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari, 318 tasi sanoat, 377 tasi qurilish, 1175 tasi savdo, 62 tasi tashish va saqlash, 176 tasi yashash va ovqatlanish, 67 tasi axborot va aloqa, 55 tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 359 tasi boshqa tarmoq yo‘nalishlariga to’g’ri kelmoqda.

By admin