Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti deganda amaliyot o‘tayotgan shaxs tomonidan kasb malakasiga va ish tajribasiga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan hamda amaliyot o‘tayotgan shaxsni o‘quv rejasiga muvofiq ish beruvchida mavjud bo‘lgan bo‘sh (vakant) o‘ringa qabul qilishni nazarda tutuvchi kasb tayyorgarligiga oid o‘quv jarayonining amaliy qismi tushuniladi.

Haq to‘lanadigan stajirovka stajirovka muayyan kasb, mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo‘yicha ishlash uchun zaruriy shart bo‘lgan hollarda bevosita ish joyida xodimni nazariy jihatdan tayyorlash natijasida egallangan kasbiy bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni amaliyotda shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida kasbga tayyorlash bosqichidir.

Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki haq to‘lanadigan stajirovkani o‘tayotgan shaxs bilan muddatli mehnat shartnomasi amaliyotni yoki stajirovkani o‘tash muddatiga tuziladi. Bunda mehnat shartnomasida mehnat shartnomasining majburiy shartlari bilan bir qatorda, amaliyotga yoki stajirovkaga rahbarlik qiluvchi shaxs belgilanishi kerak

By admin