Hududlarda ishsiz fuqarolarga kasb-hunar o‘rgatish orqali bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz topshiriqlariga muvofiq Sirdaryo viloyatining Sardoba tumandagi Xalqobod mahallasida “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun 3 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. 9 ta – tikuvchilik, qandolatchilik, erkaklar va ayollar sartaroshi, santexnika, payvandlash, elektrik hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlovchi usta kabi yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitishga mo‘ljallangan monomarkaz zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Hozirda 19 ta ish o‘rni yaratilib, mahalliy mutaxassislarning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, monomarkazda yiliga 720 nafar tinglovchini o‘qitish imkoni mavjud.

Monomarkazning ochilish marosimida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yakubov so‘zga chiqib, Yurtboshimiz talablariga monand ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitib, ularning mehnat bozorida raqobatbardosh kasbni o‘zlashtirgan, yuqori malakali mutaxassis sifatida yetishib chiqishlariga ko‘maklashib, daromad topishlari, bandligi ta’minlanishiga erishish ekanligini alohida ta’kidladi.

By admin