Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidan murojaat qilyapmiz. Maktabda texnik xodim bo‘lib ishlaymiz. Dam olish kunlari ham bizni hasharga chaqirib ishlatishyapti. Maktab bo‘lsa mayli edi. Boshqa joylarga olib borishyapti. Bu majburiy mehnat emasmi?”, degan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijasida Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida ishtirok etgan hamyurtlarimiz singari Oqoltin tumanidagi 1, 2 va 3- umumta’lim maktablarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda texnik xodimlari qatnashganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, xabarda keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmadi.

O‘rganish davomida yuqoridagi maktablar jamoasiga majburiy mehnat, uning turlari va mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushunchalar berildi.

By admin