Guliston shahar va Mirzaobod hamda Guliston tumani IIB JHX probatsiya hisobida turuvchi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga 150 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Shuningdek, kasb-hunar o‘rganish istagini bildirganlarga monomarkazdagi dars jarayonlari, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoit tanishtirildi.

Yakunda 7 nafar fuqaroni ishga joylashtirish uchun yo‘llanma berildi hamda 2 nafar fuqaroga o‘zlari tanlagan kasb-hunarga o‘qitish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, qatnashchilarning 16 nafariga huquqiy maslahat berildi.

By admin