Mirzaobod tumanidagi ishsiz xotin-qizlarni kasbga o‘qitib, bandligini ta’minlash maqsadida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va Oqoltin kasb-hunarga o‘qitish markazi bilan hamkorligida Yo‘ldoshobod mahallasida tikuvchilik o‘quv kursi yo‘lga qo‘yilgan.

Uch oy mobaynida talabgorlar ustozlari Dilnoza Shakarova ko‘magida mazkur kasbning sir-asrorlarini mukammal o‘rganishdi.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 10 nafar xotin-qizga sertifikat topshirildi. E’tiborli jihati, bitiruvchilarning bandligi ham ta’minlanib, hamkorlik o‘z samarasini berdi.

By admin