Sirdaryoda yoshlarga serunum yer maydonlari ajratib berilmoqda.

Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida yoshlar bandligini ta‘minlash va ularni yerdan samarali foydalanishga o‘rgatish maqsadida jami 3000 gektar unumdor yerlar 6000 nafar yoshlarga ajratib berilishi rejalashtirilgan.

Xususan, Sayxunobod tumani «Guliston» mahallasidagi 25 nafar talabgor ishsiz yoshga hamkor tashkilotlar tomonidan ularning bandligini ta‘minlash, yerdan samarali foydalangan holda mo‘may daromad olishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu mahalla hududidagi qayta ishlov berilgan 12,5 gektar unumdor yer maydoni 50 sotihdan 30 yillik ijara asosida ajratib berildi.

By admin