Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash qisqa muddatli o‘quv markazi”da 9-oqim tinglovchilariga o‘qitish jarayonlari nihoyasiga yetganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari va bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishsiz aholining bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan yaratilgan qulayliklar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘quv markazning 9-oqimiga 123 nafar tinglovchi qabul qilingan bo‘lib, bugun ularning 90 nafari o‘qishni tamomladi. Uzoq muddat talab etiladigan yo‘nalishlarda yana 33 nafar tinglovchi bilim olmoqda.

Markazda navbatdagi o‘quvlar aprel oyidan boshlanishini ma’lum qilamiz va hoxlovchilarni taklif qilamiz.

By admin