Aziz yurtdoshlar!

O‘lkamizga Navro‘z kirib kelishi bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!

Bu yil muborak Ramazon oyi ayni bahor fasli – Navro‘zga to‘g‘ri kelganligi ham xayrli ishlarimizda qut-baraka, mehnatimiz hosilasida to‘kin-sochinlik va faoliyatimiz yanada muvaffaqiyatli bo‘lishidan dalolatdir.

Yurtimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida nishonlanayotgan azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor tabriklab, taraqqiyotimiz yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizga omad tilayman!

Xurmat bilan,
Sherzod Yakubov,
Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.

By admin