Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda har bir yoʻnalish tinglovchilari qadriyatlarimiz yoʻgʻrilgan badiiy chiqishlari, turli kuy-qoʻshiqlari bilan barchani xushnud etdi. Ayniqsa, ular ijrosidagi maqom, lapar va oʻlanlar, oʻzida bahor, yangilanish, yangi kunni aks etgan raqslar ishtirokchilarga koʻtarinkilik ulashdi. Tadbir qatnashchilariga kelinsalomlar aytildi.

By admin