Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hamda tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo’limi xodimlari hamkorligida nazorat ostida turuvchi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari «Mehnat yarmarkasi» o‘tkazildi.

Yarmarkada ishtirok etgan nazorat ostidagi shaxslar o‘zlariga mos ish tanlash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishdi. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari va Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlari bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu mehnat yarmarkasida Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya guruhi nazorati ostidagi 24 nafar shaxs ishtirok etib, shulardan 3 nafariga shu yerning o‘zida yo‘llanma berilib, ish bilan ta’minlandi.

By admin