Xovos tumani Chamanzor mahallasida beda va dukkakli ekinlar ekilgan tomorqalar o’rniga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan mini issiqxonalar barpo etilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ko‘magida mahalladagi «Mardlik» ko’chasiga 15 ga yaqin issiqxonalarni qurish ishlari boshlab yuborildi.

Yil yakuniga qadar, ushbu mahallani «Issiqxonalar majmuasi» ga aylantirib, aholi daromadini ko‘paytirish, shu orqali mahalliy bozorlardagi sabzavotlarga bo’lgan talabni qondirish ko’zda tutilgan. Shuningdek, ushbu ishlar uchun mahallaning joylashuv o’rni hamda yer unumdorligi to’liq hisobga olingan.

By admin