Ish beruvchi bilan oldindan kelishuv bo‘yicha boshqa joyga ishga ko‘chib o‘tgan xodimlarga, shuningdek taqsimot bo‘yicha yashash joylaridan tashqarida ish joyi berilgan ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilariga quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

-xodim va oila a’zolari (er, xotin, ular bilan birga yashaydigan, ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari) yo‘lkirasining yo‘l chiptalarini olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlari miqdoridagi qiymati;

-temir yo‘l yoki avtomobil transportida xodimning o‘ziga besh yuz kilogrammgacha va u bilan birga ko‘chib o‘tayotgan oila a’zolariga jami besh yuz kilogrammgacha bo‘lgan mol-mulkni tashish xarajatlari;

-yo‘lda bo‘lishning har bir kuniga xizmat safarlari uchun nazarda tutilgan miqdorda sutkalik to‘lovlar;

-agar ko‘chib o‘tayotgan xodimning ushbu joyda shaxsiy uy-joyi mavjud bo‘lmasa hamda ish beruvchi ushbu xodimga va uning oila a’zolariga tegishli uy-joy taqdim etmasa, uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;

-yangi ish joyi bo‘yicha bir oylik tarif stavkasi (maosh) miqdorida bir martalik nafaqa (ko‘tarma pul), shuningdek xodim bilan birga ko‘chib o‘tayotgan har bir oila a’zosiga ko‘chib o‘tayotgan xodim tarif stavkasining (maoshning) uchdan bir qismi, basharti ushbu oila a’zolari xodimga alohida uy-joy berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida ko‘chib o‘tsa.

By admin