Azal-azaldan ona-zamin bitmas–tuganmas xazina sifatida ulug‘lanib kelingan. Hozirgi kecha kunduzda esa tomorqani rivojlantirishga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Anashunday o’z tomorqasidan unumli foydalanayotgan fuqarolar Guliston tumanida ham tobora ko’payib bormoqda. Birgina misol uchun tomorqachi nomini olgan Fahriddin Yusupov «Soyibobod» mahallasi Do’stlik ko’chasi 20 uyda istiqomat qiladi.

Mehnatkash dehqonning ta’kidlashicha, mo’jazgina 15 sotix tomorqasida hozirgi kunda chesnok, piyoz va har xil turdagi mevali daraxtlar ekib bog’ yaratgan. Bundan tashqari mehnatsevar dehqonimiz uyining oldida bo’sh turgan yer maydonini haydab kartoshka urug’ini ham yerga qadab bahor faslining yakuniga hosil kutmoqda. Qahramonimiz o’z tomorqasidan unumli foydalanib yiliga 50-60 million daromad topmoqda.

By admin