Mirzaobod tumani «Yangi O‘zbekiston» mahallasida joylashgan ijtimoiy ob’yektlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularga munosib shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, mazkur muhim masala «ORGHID» tikuv fabrikasi mas’ullarining diqqat e’tiborida. Ish beruvchilar va mutasaddilar hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli ish bilan ta’minlash doirasida doimiy hamkorlikda.

Bugun viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Keldibekovna fabrikada faol mehnat qilayotgan 50 nafar xotin-qizga ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti munosabati bilan sovg‘alar ulashdi.

By admin