Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatimizga qilgan tashrifida tomorqa orqali aholini daromadli qilish bo‘yicha “Sayxunobod tajribasi” yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda yuqoridagi tashabbus viloyatimiz bo’ylab keng ommalashib bormoqda.

Xususan, Guliston tumanida har bir xonadonlarga issiqxona va aholini o’zini-o’zi band qilgan holda daromadga o’rgatilish ishlari boshlab yuborildi. Ularga 5 million so’mdan imtiyozli kreditlar ajratilib, tayyor tovuqxonalar bilan tuxumga kirgan 20 ta tovuqlar olib berilmoqda.

Bundan tashqari mahallalarda issiqxonalar va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida «Har bir oila tadbirkor» dasturi asosida 3 yildan 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

Albatta, bunday imtiyozlarning barchasi aholini o’z tomorqasidan unumli foydalanib, oila daromadini oshirishga xizmat qiladi.

By admin