Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari I.Mo‘minov ishtirok etib, mavzu yuzasidan dolzarb ma’lumot va ko‘rsatmalar berdi.

Tadbirda mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, turli din niqobidagi oqim g‘oyalariga qarshi o‘zida immunitet hosil qilish, buning uchun mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash, rasman ruxsat etilgan manbalardan foydalanish, noqonuniy tarzda chop etilgan yoki tayyorlangan diniy mazmundagi adabiyot, mobil telefonlardagi materiallarni saqlamaslik, mutlaqo foydalanmaslik va olib yurmaslik, internet tizimida radikalizm, ekstremizm, terrorizm va missionerlikni targ‘ib qilayotgan sayt va ijtimoiy tarmoqlarga kirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

By admin