Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PF 59-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlarning navbatdagisi Sardoba tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijda ishlash istagida boʼlgan fuqarolarni mahalla hokim yordamchisi xorijiy ish beruvchi talablariga muvofiq nomzodlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan oʼtkaziladigan tanlovlarga jalb etib, ishga yuborish choralarini koʼrish hamda xorijda ishlash istagida chet tilini oʼrganishga xohishi boʼlgan fuqarolarga ko‘maklashish, nomzodlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib, xorijda manzilli ishga yuborish toʼgʼrisida tushuntirishlar berildi.

By admin