Ijtimoiy tarmoqlarda «Dam olish kuni ham ishlatishayapti» sarlavhasi bilan tarqalgan havola yuzasidan Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi mas’ullari o‘rganish o‘tkazishdi.

O‘rganish davomida dam olish kuni ishga jalb qilingan xodimlarga ish beruvchi tomonidan haftaning boshqa ish kunida dam (otgul) berilishi belgilanganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanmadi.

Fuqarolarga shuni eslatib o‘tamizki, xodim ish beruvchining noqonuniy harakatlari bilan ishga jalb qilish holatlarida rad qilish huquqiga ega bo‘lib, bunday holatda xodimga ish beruvchi intizomiy chora ko‘radigan bo‘lsa, Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilsa qonuniy huquqlari tiklanishi kafolatlanadi.

By admin