Sardoba tumanidagi «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyat boshlagandan buyon ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish bilan bir qatorda ko‘plab korxona, tashkilotlarga malakali kadrlar yetkazib berish borasida kelishuvga erishmoqda.
Yaqinda tumandagi “Indorama” MChJ xodimi Arindam Banerjee bir guruh mas’ullar hamrohligida monomarkaz imkoniyatlari bilan tanishdi. Uchrashuv asnosida monomarkazda talabgorlarni mashina operatorligiga o‘qitib, mas’uliyati cheklangan jamiyatini kadrlar bilan ta’minlashga kelishildi.