Mustaqillik. Bu so‘z zamirida ajdodlarimiz orzu, istaklari, bugungi kun islohotlari, yosh avlodning nurli kelajagi mujassamdir.

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkillashtirildi. Shodiyonada so‘zga chiqqanlar barchani bayram bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirishdi. Shuningdek, yangragan kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar barchani xushnud etdi. Bayramona dasturxon atrofida davom etgan tantana monomarkaz xodimlariyu tinglovchilariga birdek manzur bo‘ldi.

Bu kabi madaniy tadbirlar boshqarmaning tuman, shahar bo‘limlari va tasarrufiy tashkilotlarda ham qizg‘in o‘tkazilmoqda.

By admin