Aziz vohadoshlar!
Sizlarni mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!
33 yil, tarixan qisqa vaqt bo‘lsada, o‘tgan davr ichida xalqimiz hayotida dillarni quvontiruvchi o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa, so‘nggi yetti, sakkiz yilning har kunida asrlarga tatigulik islohotlar amalga oshirilayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday natijalarni yanada oshirishga munosib hissa qo‘shishlaringizda barchangizga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishiga tilakdoshman.
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu yilgi eng ulug‘, eng aziz shodiyonamiz bilan sizlarni yana bir bor qutlayman!
Hurmat bilan,
Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i
Sherzod Yakubov.